Qirğiziston islomiy banklar faoliyatiga talablarni kuçaytirmoqçi

Olam

−

image

Qirğiziston Milliy banki islomiy bank faoliyati va moliyalaştiriş qoidalarini özgartirişni taklif qilmoqda. Yangi qoidalar murobaha bitimlari va an’anaviy banklar tarkibidagi “islomiy darçalar” faoliyatini tartibga solişni nazarda tutadi. Bu haqda “Economist.kg” xabar berdi.

Loyihaga köra, bank tovarni xarid qilişni mijozga topşirişi mumkin. Bunda mijoz bank nomidan uning mablağlari hisobiga yoki öz nomidan bank mablağlari evaziga iş köradi. Milliy bank bu jarayonda tovarni bankka topşiriş va uni keyinçalik mijozga sotiş tartibini ham belgilamoqçi. Yangi tartib böyiça mijoz xaridni amalga oşirgaç, bu haqda bankka xabar berişi va tovarni sotib oliş böyiça taklif yuborişi kerak. Bank taklifni qabul qilganidan keyin tovarni mijozga sotganini ma’lum qilişi lozim.

Şuningdek, bank vakiliga jismoniy şaxslardan qişloq xöjaligi mahsulotlarini xarid qiliş uçun naqd pul berişga ruxsat etiş taklif qilinmoqda. Agar qonunçilik mulkni davlat röyxatidan ötkazişni talab qilsa, mijoz murobaha asosida sotib olinayotgan mulkni röyxatdan ötkazişda ham bank vakili sifatida qatnaşişi mumkin böladi.

Tovar mijozga topşirilguniga qadar uni taşiş yoki saqlaş vaqtida şikastlanişi, yöqolişi yoki yöq bölib ketişi bilan boğliq xavflar bank zimmasida qoladi. Bank bu xavflarni garov hisobiga qoplay olmaydi. Milliy bank islomiy moliyalaştiriş tamoyillari asosida işlaydigan banklar va boşqa moliya-kredit taşkilotlarining hisobvaraqlar rejasini ham yangilaşni rejalaştirmoqda. Jumladan, “Qard-Hasan” atamasini “Qard” bilan almaştiriş, şu bilan birga, “Şarika/muşoraka va kamayib boruvçi muşoraka” atamasini qöllaş tartibini aniqlaştiriş taklif etilgan.

Özgarişlar mudoraba, vadi’a yad damana va islomiy moliyalaştirişning boşqa turlariga oid hisobvaraqlarga ham tegişli böladi. Jismoniy va yuridik şaxslar, şuningdek, mamlakat rezidentlari va norezidentlari bilan amalga oşiriladigan operatsiyalarni hisobga oliş tartibi ham aniqlaştiriladi.

An’anaviy banklar tarkibida islomiy moliyalaştiriş tamoyillari asosida xizmat körsatadigan “islomiy darçalar” uçun ham yangi talablar belgilanişi mumkin. Xususan, ularning içki nazoratini kuçaytiriş, mablağlar va operatsiyalarni alohida hisobga oliş tizimini joriy etiş nazarda tutilgan.

Loyihaga muvofiq, şariat kengaşi operatsiyalarning şariat talablariga muvofiqligi yuzasidan qaror qabul qilişda mustaqil bölişi kerak. “Islomiy darça” xodimlarining ham tegişli qarorlarni qabul qilişda mustaqilligi ta’minlanişi lozim.

Banklar bunday bölimlarni moliyalaştiriş, ular taklif qiladigan mahsulot va xizmatlarni tasdiqlaş, reklama qiliş hamda ular haqida ma’lumot tarqatiş qoidalarini belgilaşi şart böladi. Narxlar şaffof va iqtisodiy jihatdan asoslangan bölişi ham talab etiladi. Bundan taşqari, “islomiy darçalar” malakali xodimlar va avtomatlaştirilgan tizimlarga ega bölişi kerak. Ular mablağlar, daromadlar, xarajatlar va operatsiyalarni alohida hisobga oliş imkonini berişi lozim.

Milliy bank qaror loyihasi böyiça taklif va e’tirozlarni 2026 yil 3 noyabrgaça qabul qiladi. Hujjatda yangi qoidalarni 2026 yil 13 dekabrdan kuçga kiritiş belgilangan. Özgarişlar murobaha bitimlarini tartibga soluvçi Fuqarolik kodeksiga kiritilgan tuzatişlarga muvofiq Milliy bankning me’yoriy hujjatlarini yangilaş maqsadida tayyorlangan.

Ma’lumot uçun, 2026 yil iyun oyida Qirğiziston islomiy bank faoliyatiga oid qonunçilik normalarini yangilagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing