Qashqadaryoda voyaga yetmagan bola kaltaklandi
3-sahifa
−
21 Dekabr 2022 9196 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan bola kaltaklandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 17 dekabr kuni soat taxminan 15:00 da Koson tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro N.A. voyaga yetmagan A.A.ni urib unga tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Koson tuman Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda bir guruh shaxslar ikki kishini kaltaklagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi
Ohangaronda yuk mashinasi yonib ketdi
01 Noyabr