Qashqadaryoda o‘quvchilar bir-biriga bo‘yoq sepdi (video)

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi maktabda o‘quvchilar bir-biriga bo‘yoq sepgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 12 may kuni Chiroqchi tumanidagi 82-sonli maktabning 8-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan. Tanaffusda o‘quvchilar o‘zaro bo‘yoq laklarini bir-biriga sepish, maktab devoriga ta’sir etganlik holati kuzatilgan. Maktab ma’muriyatiga ko‘ra, mazkur holatni keltirib chiqargan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Aslida videolavha ota-onalarni farzand tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish maqsadida maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasvirga olinib, ularga yuborilgan. Bundan esa ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishga urinilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ta’lim tashkilotining mulki, moddiy-texnik bazasiga ziyon yetkazish holatlari g‘ayriqonuniy harakat hisoblanishini inobatga olib, o‘z navbatida e’tiborsizlik holatlarini yuzaga keltirgan sinf rahbarlari, maktab ma’muriyatiga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi maktab direktori o‘quvchilarni kaltaklagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing