“Qamchiq” dovonida pullik yo‘l quriladi
Jamiyat
−
25 may 2020 11212 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda pullik yo‘llar qurish masalasi ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari ichki yo‘llar masalasiga alohida to‘xtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini qayd etdi. 80 ming kilometr ichki yo‘llarni rekonstruksiya qilish, bu borada butun dunyoda qo‘llanib kelinayotgan “foydalanuvchi to‘laydi” tizimini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini o‘z ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr