Italiyada odam samolyot dvigateliga kirib ketdi (video)
Olam
−
09 iyul 2025 18198 2 daqiqa
Italiya shimolidagi Bergamo shahrida joylashgan Orio-al-Serio aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagidagi halokatli hodisadan so‘ng havo bandargohi 8 iyul kuni rejalashtirilgan barcha parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Milandagi ushbu aeroportda erkak Airbus A319 samolyoti harakatlanayotgan vaqtda uning dvigateliga kirib ketgan va halok bo‘lgan. Aeroportni boshqaradigan Sacbo kompaniyasi bergan bayonotga ko‘ra, u Bergamo aeroportining yo‘lovchisi ham, xodimi ham bo‘lmagan.
Volotea aviakompaniyasining Asturiyaga uchayotgan ushbu samolyoti mudhish hodisadan oldin parvozni amalga oshirishga tayyorlanayotgan edi. Erkak qanday sharoitda uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushib qolgani noma’lumligicha qolmoqda – tergov harakatlari olib borilmoqda. Samolyot bortida 154 yo‘lovchi va olti ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning hech biri jabrlanmagan. Yo‘lovchilar va ekipajga professional psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Sacbo nomi bilan tanilgan Bergamo aeroporti ma’muriyati uchish yo‘lagidagi hodisa tufayli aeroportni mahalliy vaqt bilan soat 10:20 da yopdi.
Ryanair’ning Krotone, Praga, Zadar, Tirana, Kos, Malta, Neapol, Porto, Algero, shuningdek, Eurowings’ning Dyusseldorfga reyslari bekor qilindi.
Parvozlar tushda qayta tiklandi, ammo keyinroq ba’zi kechikishlar haqida xabar berildi, jumladan, Ryanair’ning Fes, Lissabon, Kopengagen, Bristol va Kalyariga reyslari, AJet’ning Istanbulga reyslari va AirArabia’ning Kasablankaga reyslari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrning Sharm ash-Shayx aeroportidagi uchish hududida reklama taxtasining qulab tushishi oqibatida Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘lgandi, yana ikki ayol jarohat olgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025