Istanbuldan kelgan yo‘lovchining sumkasidan arabcha tarixiy kitoblar topildi

3-sahifa

image
Buxoroda O‘rta Osiyodagi eng qadimiy metall qurollar topildi north_east

Buxoroda O‘rta Osiyodagi eng qadimiy metall qurollar topildi

Turkiyaning Istanbul shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan samolyot yo‘lovchisining yonidan qimmatbaho va qadimiy kitoblar chiqdi. Bu haqda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaroning yuklari orasidan bojxona nazoratiga o‘z vaqtida taqdim etilmagan, muqovasi jigarrang teridan tayyorlangan, arab yozuvlari bitilgan 1 dona katta hajmli hamda 1 dona qizil muqovali kichik hajmdagi qadimiy kitoblar borligi aniqlandi.

Dastlabki ekspertiza xulosalariga ko‘ra, kitoblarning bugungi kundagi taxminiy qiymati 320 million so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Buxoro aeroportida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi. Olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 37 dona, og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishoni va tangalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ekspertiza tarixiy kitoblar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing