Istanbulda so‘yib ketilgan ayolning qotili Navoiy viloyatiga qochib kelgani aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan megapolislaridan biri Istanbulning Fotih tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yashar Zulayho E. (ismi o‘zgartirilgan)  bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirib ketilgani haqida xabar berilgandi. Qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs O‘zbekistonning Navoiy viloyatida qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya matbuoti yozmoqda. 

O‘zbekiston rasmiy idoralari bu haqda ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, turk matbuotining ma’lum qilishicha, qotillikni sodir etishda gumonlanayotgan 46 yashar Akmaljon Rustamovich S. Turkiyadan qochishga ulgurib, O‘zbekistonning Navoiy viloyatidagi uyiga yashirinishga ulgurgan va 27 sentyabr kuni mamlakat huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.   

Gap shundaki, qotillik joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 21:30 da Istanbulning Fotih tumanidagi Oqsaroy mahallasida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi, asl ismi Halimaxon Odilovna Ahmadova bo‘lgan ayol o‘z uyida jonsiz holda topilgan. Xabar kelib tushganidan keyin voqea joyiga politsiya, tergovchilar guruhi va tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. Aniqlanishicha, ayol bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirilgan. Jasad Sud tibbiyot instituti o‘likxonasiga yuborilgan. Jamoat xavfsizligi boshqarmasi qotillik byurosi politsiyasi voqea yuzasidan tergov boshlagan va xavfsizlik kamerasi tasvirlarini tekshirgan.  

Picture background

Politsiya xodimlari o‘zbek fuqarosi Akmaljon Rustamovich S. binodan chiqib ketayotgani tasvirini olgan. Qotillikda gumonlanuvchi O‘zbekistonga qochib ketgani aniqlangan. Voqea yuzasidan tergov olib borayotgan Qotillik byurosi xodimlari gumonlanuvchini qo‘lga olish uchun konsullik xodimlari bilan uchrashgan. Akmaljon Rustamovich S.  27 sentyabr kuni O‘zbekistonning Navoiy viloyatida o‘zbek huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan xabar qilingan.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda mast bo‘lganini aytgan gumonlanuvchi, ayolni ko‘rish uchun Turkiyaga borgani va qaytib kelganini bildirgan. Shuningdek, u ayol pul uchun shantaj qilganini, bu esa qotillikka sabab bo‘lganini aytgan. Gumonlanuvchining sudi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Jinoyat Turkiya Qotillik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing