Istanbulda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Biri pichoqlangan

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga tayanib xabar berdi.

Kecha, 28 iyul kuni “Samatya Hastenesi” tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi X.M. vafot etgan. Bu ayol baxtsiz hodisadan keyin shifoxonaga yotqizilgandi.

Shu kunning o‘zida ushbu shifoxonada Istanbul shahri tumanlaridan biridagi voqea natijasida pichoq jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi N.Z. halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Ushbu voqealar asosida Turkiya huquqni himoya qilish organlari tomonidan tergov ishlari boshlangan.

Bosh konsulxona ushbu holatlarni nazoratga olgan va halok bo‘lganlarning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam bermoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

39

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing