Istanbulda hujjatlari va pullarini o‘g‘irlatgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
16 Sentabr
2790Bolgariyaga ishlashga borib, hujjatlari va pullarini o‘g‘irlatgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, konsulxonaga 30 yoshli fuqaro J.M. Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning sentyabr oyida fuqaro Bolgariyadan Turkiyaga uchib kelgan va shu kunning o‘zida Fotih tumanida “Sulton Ahmat” jome masjidi yaqinida o‘ziga tegishli bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlatib qo‘ygan.
Bosh konsulxona fuqaroga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib, vaqtincha Turkiyada yashashi uchun boshpana bilan ta’minlagan.
Shu bilan birga, “Uzbekistan Airways” AJ Istanbul vakolatxonasi va bir guruh o‘zbeklar homiyligida J.M.ga aviachipta xarid qilinib, O‘zbekistonga qaytarildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qizi sabab Istanbulda ko‘chada qolib ketgan ona O‘zbekistonga qaytarilgandi.
LiveBarchasi