Turkiya Yevropada bir vaqtning o‘zida 3 ta samolyotni qo‘ndira va uchira oladigan birinchi mamlakat bo‘ldi (video)

Olam

image
Eng yaxshi aeroportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston bormi? north_east

Eng yaxshi aeroportlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston bormi?

Kecha, 17 aprel kunidan e’tiboran Turkiyaning Istanbul aeroportida bir vaqtning o‘zida uchta mustaqil uchish-qo‘nish yo‘lagi ishga tushdi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Yangi tizim bilan Istanbul aeroportiga 3 ta samolyot bir vaqtning o‘zida qo‘nish va uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nashrga ko‘ra, Yevropada bu loyihani amalga oshira oladigan yagona davlat Turkiya hisoblanadi.

Mamlakatning Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li Istanbul aeroportida havo harakatini boshqarishda tarixiy qadam tashlanganini aytgan. U, shuningdek, Istanbul aeroporti transport oqimining uch karra mustaqil uchish-qo‘nish yo‘lagi bilan ishlashi havo bandargohi faoliyatining tezlashishini va dinamik sig‘imi ortishini tilga olgan.

“AQSHda uch tomonlama mustaqil uchish-qo‘nish yo‘lagi operatsiyasi tatbiq qilinmoqda. Istanbul aeroporti Yevropada uchlik uchish-qo‘nish yo‘lagi faoliyatini boshlagan birinchi aeroport bo‘ldi”, degan u.

Aeroportning ushbu yangiligi uchun dastlabki harakatlar 2022 yilning so‘nggi choragida boshlangan va 2023-2024 yillarda Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti, Davlat aeroportlari ma’muriyati va Turkiya fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda yig‘ilishlar, xavf tahlillari, xavfsizlik tadqiqotlari va simulyatsiyalar amalga oshirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning dunyo aviakompaniyalari va aeroportlarini baholash bilan shug‘ullanuvchi Skytrax kompaniyasi e’lon qilgan 2025 yildagi dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingida Istanbul aeroporti oilaviy sayohatlar uchun eng qulay aeroport sifatida 14-o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Istanbul aeroporti Abdulqodir Uralo'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing