Isroilga qarshi sanksiyalarning yo‘qligi genotsidni qo‘llab-quvvatlashdir – BMT vakili
Olam
−
10 mart 5246 2 daqiqa
BMTning bosib olingan Falastin hududlaridagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze Isroilning G‘azo sektorini elektr ta’minotidan uzishiga qarshi sanksiyalar yo‘qligi va bu davlatga qurol yetkazib berishning davom etishini falastinliklar genotsidiga sheriklik deb atadi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“G‘azo sektoriga elektr energiyasini uzib qo‘yish tuzdan tozalash inshootlarining ishlamay qolishiga, ya’ni toza suv yetkazib berishning to‘xtashiga ham olib keladi. Isroilga qarshi sanksiyalarning yo‘qligi va bu davlatga qurol yetkazib berishga embargo qo‘llanmasligi genotsidni qo‘llab-quvvatlashdir”, deydi u.
Joriy yilning 9 mart kuni Isroilning “Kan” davlat teleradiokompaniyasi mamlakat energetika vaziri Eli Koen G‘azo sektoriga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berganini xabar qildi. Kan xabariga ko‘ra, Isroil G‘azoda joylashgan suvni tozalash inshootining ishlashi uchun elektr energiyasi yetkazib bergan, biroq G‘azodagi asosiy elektr energiyasi generatorlar yordamida ishlab chiqariladi va ushbu generatorlar uchun yoqilg‘i allaqachon bir haftadan buyon yetkazib berilmayapti.
Bundan bir hafta oldin, 2 mart kuni Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berishni to‘xtatgan va barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan edi. Bu qaror HAMAS tomonidan AQSH Prezidenti maxsus vakili Stiven Uitkoff tomonidan taklif qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘lmaganidan keyin qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 mart kuni Isroil hukumati Qatarga delegatsiya yuborib, HAMAS harakati bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni ikkinchi bosqichiga o‘tkazishni reja qilingandi.
Live
Barchasi