Isroil Suriyadagi 250 dan ortiq nishonga hujum qildi
Olam
−
10 dekabr 2024 5341 1 daqiqa
Isroil qiruvchi samolyotlari Suriyada hokimiyat almashganidan so‘ng 250 dan ortiq harbiy nishonga hujum qildi. Bu haqda Isroilning “Galey SAXAL” radiosi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mudofaa tizimlaridagi manbalar bu voqeani Isroil harbiy-havo kuchlari tarixidagi eng yirik hujum operatsiyalaridan biri deb atagan.
Manbalarga ko‘ra, hujumlar nishoni Suriya harbiy aviatsiyasining bir necha qiruvchilari, sobiq hukumat armiyasining zenit raketa tizimlari, qurol ishlab chiqarish va saqlash ob’ektlari, yer-yer sinfidagi raketalar saqlangan harbiy omborlar bo‘lgan.
Shuningdek, kecha, 9 dekabr kuni “Al-Mayadeen” telekanali Isroil Damashqdagi bir necha hududlarga va butun Suriya bo‘ylab 150 dan ortiq harbiy ob’ektlarga hujum qilgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, nishonlar orasida Janubiy Damashqning Aqraba hududidagi radioelektron markaz va harbiy aerodrom, shimoliy Damashqning Barza hududidagi ilmiy-tadqiqot instituti binolari bo‘lgan. Isroilning ushbu hujumlari oqibatida bir necha binolar vayron bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi Suriya bilan chegaradagi Golan tepaliklaridagi bufer zonadan tashqariga chiqqani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi