Isroil Milliy xavfsizlik vaziri avariyaga uchradi (video)
Olam
−
26 aprel 2024 9840 1 daqiqa
Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir YTHga uchradi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda "Al-Arabiya" xabar berdi.
"O‘zining shafqatsizligi bilan mashhur bo‘lgan Itamar Ben-Gvir mamlakatning markaziy qismidagi Ramla shahrida avariyaga uchradi. Avvalroq u yerda 18 yoshli qiz pichoqlangan edi", deb yozadi nashr.
Ma’lum bo‘lishicha, vazirning mashinasi ag‘darilib ketgan. Mahalliy nashrlar Ben-Gvirning yengil tan jarohati olgani va darhol shifoxonaga yotqizilganini yozgan. Lekin vazirning avtomobili YTHga uchrashi sabablari ochiqlanmagan.
Voqea joyidan olingan suratlarda uning xizmat mashinasi to‘nkarilib yotgani, old tomonida esa pachaqlangan avtomobil turganini ko‘rish mumkin. Politsiya halokat sabablarini o‘rganayotgani aytilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025