Isroil G‘azo sektorini to‘liq egallab olmoqchi

Olam

image

Isroil hukumati G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlarni kengaytirish, hattoki bu hududni to‘liq bosib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda hukumat vakillariga tayanib, “Ynet” xabar berdi.

“Qaror qabul qilindi – biz G‘azo sektorini to‘liq egallashga kirishamiz”, deya mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning atrofidagi mulozimlardan iqtibos keltiradi nashr. 

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar, hatto garovda ushlab turilganlar joylashgan hududlarda ham amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, Isroil Mudofaa kuchlari shtab boshlig‘i Eyal Zamir G‘azo to‘liq bosib olinishiga qarshi va bu harakatni amaliy jihatdan xavfli deb hisoblamoqda. 

“Agar bu Isroil Mudofaa kuchlari shtab boshlig‘iga yoqmasa, u iste’foga chiqishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni AQSH Prezidenti Donald Trampning Yaqin sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff Isroil va G‘azoga tashrif buyurdi. U urushni yakunlash va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishish hozirda asosiy siyosiy vazifa ekanini ta’kidladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqtinchalik kelishuvlar o‘rniga urushni to‘xtatish va garovdagilarni qaytarish ustuvor maqsadga aylanishi lozim. Uitkoff G‘azo aholisining aksariyati ham garovdagilarni ozod qilishni istayotganini aytib, bu holat hududni qayta tiklashni boshlash imkonini berishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing