Isroil HAMASning xavfsizlik apparati rahbarini yo‘q qildi

Olam

image

Isroil kuchlari G‘arbiy G‘azoda HAMASning xavfsizlik apparati rahbari Mahmud al-Asvadni yo‘q qildi. Bu haqda “The Jerusalem Post” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Mahmud al-Asvad tashkilot uchun muhim strategik shaxs bo‘lib, razvedka ma’lumotlari to‘plashda va xavfsizlik tizimini boshqarishda asosiy rol o‘ynagan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Isroil kuchlari al-Asvadni yo‘q qilish bilan bir vaqtda G‘azoda joylashgan boshqa infratuzilmalar, jumladan, qurol omborlarini ham nishonga olgan bo‘lishi mumkin. Voqeaning boshqa tafsilotlari esa ochiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 avgust kuni Isroil G‘azodagi Nosir shifoxonasiga bergan zarbalarida kamida 15 kishi, jumladan, 3 jurnalist halok bo‘lgandi. Rasmiylarga ko‘ra, zarbalar oqibatida halok bo‘lgan jurnalistlardan biri, operator Hussam al-Masri “Reuters” agentligida ishlagan. Unda ishlagan fotosuratchi Xotam Xolid esa yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Mahmud al-Asvad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing