Ispaniyadagi poyezdlar halokati sababi ma’lum böldi

Olam

−

image

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Ispaniyada ikki tezyurar poyezd töqnaşib ketgan edi. Oqibatda 69 kişi halok böldi, 200 dan ortiq odam jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, fojiaga poyezdlar harakatini nazorat qiluvçi xavfsizlik tizimidagi nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda “Bild” naşri xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, voqea Madriddan 130 kilometr janubdagi Urda hududi yaqinida sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, 160–200 km/soat tezlikda harakatlangan Renfe poyezdi töxtab turgan Iryo poyezdiga borib urilgan.

Fojiaga Germaniyada ham qöllaniladigan LZB avtomatik xavfsizlik tizimidagi nosozlik sabab bölgan bölişi mumkin. “El Mundo” naşrining yozişiça, hodisa sodir bölgan kuni ertalab mazkur tizim Ispaniyadagi taxminan 63 kilometrlik yöl uçastkasida işlamagan. Şu sababli poyezdlar harakatini nazorat qiliş vazifasi Madriddagi dispetçerlik markaziga ötkazilgan.

Naşr ma’lumotiga köra, soat 08:36 da dispetçer Renfe poyezdi maşinistiga tizimni qayta işga tuşiriş va muqobil xavfsizlik mexanizmi orqali harakatni davom ettirişni buyurgan. Biroq nosozlik davom etayotgani sababli Iryo poyezdi joyida qolgan. Soat 08:53 da esa Renfe poyezdi töxtab turgan Iryo poyezdi bilan töqnaşgan.

Hozirda tergovçilar fojiaga texnik nosozlik, dispetçerning xatosi yoki har ikki omilning birgalikdagi ta’siri sabab bölganini aniqlaşi zarur.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev poyezdlar töqnaşuvi oqibatida köplab insonlar halok bölgani va jarohat olgani munosabati bilan Ispaniya qiroli Felipe VI nomiga hamdardlik yöllagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing