Iroq Bosh vaziriga uyushtirilgan suiqasd tafsilotlari e’lon qilindi
Olam
−
07 noyabr 2021 12698 1 daqiqa
Bugun, 7 noyabr kuni Iroq Bosh vaziri Mustafo Kozimiyga uyushtirilgan suiqasdda uchta drondan foydalanilgan. Bu haqda OAV Iroq IIVga asoslanib xabar bermoqda.
Biroq xavfsizlik kuchlari ikkita dronni “yashil hudud”dagi Bosh vazir qarorgohi tomon uchayotganda havoda urib tushirgan.
Hujumdan so‘ng, Bosh vazir Mustafo al-Kozimiy aholiga murojaat qilib, vahimaga tushmasdan, sovuqqon bo‘lishni so‘ragan. Hujum uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z zimasiga olmagan.
AQSH al-Kozimiyga uyushtirilgan hujumni qoralab, uni surishtirishda o‘z yordamini taklif qildi.
Avvalroq, Iroq Bosh vaziri qarorgohiga minalashtirilgan dron bilan hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan edik. Hodisada hukumat rahbari jabrlanmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025