“Ming askarim bor edi”. Saddam Husaynning generali tirikçilik uçun maşina yuvmoqda
Olam
−
14:48 662 6 daqiqa
Iroqning Kerkuk şahrida tuğilgan 60 yoşli Xudur Ahmad Rauf Vali ağdarilgan Iroq rahbari Saddam Husayn davrida 17 yil davomida general bölib xizmat qilgan, uyiga qilingan hujumda xotinidan ayrilgan va IŞID jangarilari tomonidan öğirlab ketilib, qiynoqqa solingan. Beşta tilda gaplaşadigan, 2013 yilda Turkiyadan boşpana topgan sobiq uçuvçi-general bugungi kunda Istanbulda maşina yuviş va ularga sayqal beriş (polirovka) işlari bilan tirikçilik qilmoqda. Bu haqda u IHA’ga bergan intervyusida gapirdi.
Kerkukda tuğilgan 60 yoşli Xudur Ahmad Rauf Vali ağdarilgan Iroq rahbari Saddam Husayn davrida 17 yil davomida general bölib xizmat qilgan va uruşdan keyin Turkiyadan boşpana topgan. 5 tilni biladigan va ötmişda uçuvçi-general bölib xizmat qilgan Vali Istanbuldagi avtoyuviş şoxobçasida işlab kun körmoqda.

Iroqda Saddam Husayn davrida sakkiz yulduzli uçuvçi-general sifatida xizmat qilgan 60 yoşli Xudur Ahmad Rauf Vali 2003 yilda AQŞ va Buyuk Britaniya boşçiligidagi koalitsiya kuçlarining Bağdodga bostirib kirişi va Saddam Husayn rejimining ağdarilganidan söng öz hayotidan xavotir olib, yaşirinişni boşlagan. 1 yil davomida yaşirinib yurgan Valini amerikalik askarlar berkingan joydan topib olgan. Amerikaliklar bilan işlaşga majbur bölganini bildirgan Valining uyi bir munça vaqt ötgaç IŞID terrorçilik taşkiloti tomonidan bombalangan. Uşbu hujumda xotinidan ayrilgan Vali keyinçalik terrorçilik taşkiloti tomonidan öğirlab ketilgan, qiynoqqa solingan va barmoqlari kesib taşlangan. Iroqda borgan har bir joyida uning ortidan poylab yurişgan va hujumlarga uçragan. Sobiq general 2013 yilda Turkiyaga köçib borgan. 5 tilni biladigan Vali ilk yillarda Sivasga borib, özi yaşagan tumanda tarjimonlik bilan şuğullangan. Keyinçalik uylangan, Istanbulga köçib ötgan va avtoyuviş sohasida işlay boşlagan. Generallikdan avtoyuvuvçilikkaça bölgan ğayrioddiy hayot yölini hikoya qilib bergan Vali şunday deydi:
“Hozir bu işni qiliş menga umuman oğir emas. Taqdirimizni Alloh biladi. Allohdan roziman. Doimo şukr qilaman”.
8 yil davom etgan Eron uruşi haqida
Iroqda general bölgan davrida sodir bölgan voqealar haqida gapirar ekan, Xudur Ahmad Rauf Vali şunday deydi:
“Men Kerkukdanman. Turkiyaga Iroqdan 2013 yilda kirdim. Bu yerda bir oy qoldim. Keyin meni Sivasga yuborişdi. Sivasda 2 yarim yil qoldim. 2017 yilda yana Istanbulga qaytdim va uylandim. Uylanganimizdan keyin, Allohga şukur, fuqaro böldik. Ismim Xudur edi, Fotih böldi. Iroqda dastlab Saddamning ukasi Vatban Ibrohim al-Hasan bilan işlar edim. Keyin harbiy xizmat vaqti keldi. Maktabni tugatgaç, general böldim. General bölganimdan keyin Eron, Quvayt va Amerika bilan uruşlar böldi. Lekin Eron uruşida bizga nisbatan haqiqatan ham adolatsizlik qilindi. Iroq va Eron çegarasidagi bir kölni Eron: “Bu bizniki”, dedi. Saddam esa: “Yöq, bu bizniki”, deb javob qaytardi. Keyin ular bizni bombalaşdi. Maktablarimizni bombalaşdi. Köp odamlarimiz halok böldi. Şundan söng Saddam ular bilan 8 yillik uruşga kirişdi. Sakkiz yildan keyin uruşda ğalaba qozondik”.

Saddam Husaynga amakisining öğli xiyonat qildi
Saddam Husaynning amakivaççasi unga xiyonat qilganini da’vo qilgan sobiq general Vali quyidagilarni aytgan:
“Uruşdan keyin Saddam yaşirinib yurdi. AQŞ prezidenti Buş ekranlarga çiqib: “Kim bizga Saddamning manzilini bersa, unga 25 million dollar va Amerika fuqaroligini beraman”, dedi. Amakisining öğli xiyonat qilib, Saddamning qayerdaligini aytib qöydi. Ular Saddam Husaynni çaqirişdi. U javob berdi: “Men Iroq Prezidenti Saddam Husaynman”, dedi. Unga “Taşqariga çiq”, deyişdi. Saddam: “Men bu yerdan çiqmayman. Agar meni olib çiqmasangiz, taşqariga çiqmayman va öz jonimga qasd ham qilmayman, çunki men islom dinidaman”, dedi. Öşa xoin yana xiyonat qildi. Çuqurlikni körsatib: “Bu yerda şamollatiş teşigi bor”, dedi. Keyin öşa şamollatiş teşigidan gaz yuborişdi. Saddam böğilib qoldi. Uni şu tarzda taşqariga olib çiqişdi. Bu odam qölga olindi”.
Uyiga bomba taşlaşdi, xotinidan ayrildi
Saddam Husayn ağdarilgandan keyingi voqealarni hikoya qilgan Vali şunday deydi:
“Uyimga kelişdi. Mendan: “Biz bilanmisan, yoki qamoqxonaga borasanmi?” deb söraşdi. Ularga: “Sizlar bilan bölaman”, dedim. Qamoqxonaga borişni istamadim. Iroqda uyimni öqqa tutişdi. Öşa yerda xotinim halok böldi. 36 nafar qöriqçim bor edi. Ulardan tört nafari halok böldi. Qöşni bolalar halok böldi. Qayerga bormaylik, öşa yerda bombalar portlardi. Mitti bolalar ölardi. Şuning uçun 2013 yil 5 noyabrda Iroqni tark etdim. Şundan keyin qayerga borsam, portlaşlar sodir bölardi. Odamlar nobud bölardi. Terrorçilik guruhlari menga: “Sen Saddam bilan işlagansan”, deb hujum uyuştirişardi. IŞID guruhlari meni öğirlab ketişdi va qiynoqqa solişdi. Men ölimdan qörqmadim. Menga oğir botgani – qayerga bormaylik, menga hujumlar uyuştirilib, odamlar ölayotgani edi”.

Ming nafar askarga qömondonlik qilgan, hozir esa maşina “polirovka”si bilan şuğullanmoqda
Iroqdan Turkiyaga kelganidan keyin hayoti özgargan Xudur Rauf Ahmad Vali quyidagilarni bildirgan:
“Turk xalqidan juda minnatdorman. Meni heç qaçon begona deb bilişmadi. Taxminan 2 yarim yil Sivasda qoldim. U yerda bir mahalla oqsoqoli bor edi. U ham menga yaxşi ğamxörlik qildi. Politsiya xodimlari menga juda yaxşi munosabatda bölişdi. Darhaqiqat, hamma menga eşiklarini oçdi. Men tarjimon bölib işladim. Öşa usta pardaçi edi. Öşanda kompyuter sotib olib, u bilan döstlaşdim. Tarjimonlik qilib pul topdim. Bu yerda avtomobil yuviş ustasi böldim. Şu bilan birga, pasta polirovkasi bilan şuğullanaman. Kerkukdan ilk bor Otaturk aeroportiga kelib qöngan edim. Istanbulda heç kimni tanimasdim. Bu yerda taxminan 6 oy qoldim. Keyin meni Sivasga jönatişdi. Sivasda bir pardaçi ustaning yonida 2 yilga yaqin işladim. 2017 yilda uylanib, Istanbulga keldim. Allohga şukr, maşina yuviş va polirovkadan pul topdim. Yuz ming marta şukur. Ilgari general, uçuvçi edim. Hozir bu işni qiliş menga mutlaqo oğir emas. Taqdirimizni Alloh biladi. Allohdan roziman. Doimo şukr qilaman. Ming nafar askar buyruğimni kutib turardi, 36 ta qöriqçim bor edi. Hozir esa nafas olayotganim uçun şukr. Turk xalqidan behad minnatdorman. Hamma menga eşiklarini oçdi. Nafaqat menga, balki hamma uçun eşiklarini oçişdi”.

Ma’lumot uçun, Saddam Husayn (1937–2006) – Iroqning beşinçi prezidenti bölib, 1979 yildan 2003 yilgaça mamlakatni qattiqqöllik bilan boşqargan siyosat va davlat arbobi. “Baas” partiyasining yetakçisi sifatida hokimiyatga kelgan Saddam Husayn Iroq iqtisodiyotini modernizatsiya qiliş, ta’lim va soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş bilan birga, mamlakatda qat’iy avtoritar rejim örnatgan hamda siyosiy muxolifat va etnik guruhlarga nisbatan keskin repressiyalar ötkazgan. Uning boşqaruvi davrida Iroq ikki yirik mintaqaviy mojaroga – Eron-Iroq uruşiga (1980–1988) hamda 1990 yilda Quvaytga bostirib kiriş ortidan kelib çiqqan Fors körfazi uruşiga tortilgan. 2003 yilda AQŞ va uning ittifoqçilari tomonidan ommaviy qirğin qurollari mavjudligi iddaosi bilan Iroqqa bostirib kirilişi oqibatida uning hokimiyati ağdarilgan. Köp ötmay qölga olingan Saddam Husayn Iroq sudi tomonidan insoniyatga qarşi jinoyatlarda aybdor deb topilib, 2006 yil 30 dekabrda qatl etilgan.
Live
Barchasi