Iordaniya AQSHdan Patriot havo mudofaa tizimlarini talab qilmoqda

Olam

image

Iordaniya Qirolligi AQSHdan uchuvchisiz samolyotlar tahdidini hisobga olib, havo mudofaa tizimini kuchaytirishni so‘radi. Bu haqda Qirollik qurolli kuchlari vakili, brigada generali Mustafo al-Xiyariyga tayanib, “Al Mamlaka” telekanali xabar berdi.

"Biz Qo‘shma Shtatlarga chegarani himoya qilish uchun Patriot zenit-raketa tizimlarini taqdim etish bo‘yicha so‘rov yubordik. Uchuvchisiz samolyotlar bizning barcha jabhalarimiz uchun tahdidga aylandi”, deydi general. 

Uning aytishicha, dronlar giyohvand moddalar kontrabandasida ham qo‘llaniladi.

"Iordaniya bu tizimlarni o‘zi joylashtirishga qodir emas, shuning uchun biz strategik hamkorimiz bo‘lgan Qo‘shma Shtatlardan so‘radik", deb tushuntiradi al-Xiyariy. 

Shuningdek, u Patriot havo mudofaa tizimlari Iordaniya atrofidagi notinch vaziyatda ballistik raketalarni qaytarish uchun foydali bo‘lishini aytib o‘tgan.

Al-Xiyariyning qo‘shimcha qilishicha, Iordaniya G‘azo sektoridagi Falastin aholisiga insonparvarlik yordami yetkazish uchun havo ko‘prigi tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Bundan tashqari, u qirollikdagi harbiy aerodromlar Isroilga o‘q-dorilar va harbiy texnika o‘tkazish uchun ishlatilmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Iordaniya qirolichasi Raniya Faysal al-Yasin  G‘arb davlatlari rahbarlarini Isroilning G‘azo sektoridagi bombardimonlari oqibatida minglab tinch aholi vakillarining halok bo‘lganini oqlayotgani uchun tanqid qilgan va bu ularning ikkiyuzlamachiligi belgisi ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil Iordaniya G'azo Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing