Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
09 yanvar 2024 8624 1 daqiqa
Dilshod Tursunqulovich Ahmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u 2021 yilning yanvaridan buyon "O‘zmetkombinat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Dilshod Tursunqulovich Ahmedov 1972 yilda tug‘ilgan. U I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetini bitirgan. Moskva "Skolkovo" boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish va sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish bo‘yicha tajribaga ega.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust