IIV xodimi turkiyalik tadbirkorni “uxlatdi”

Olam

image

Qirg‘izistonning Talas viloyatida Ichki ishlar vazirligining Ichki tekshiruv xizmati xodimi Turkiya fuqarosining 35 500 dollar pul mablag‘ini noqonuniy egallab olganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Turmush” xabar berdi.

Gap shundaki, o‘tgan 2025 yilning aprel oyida IIV xodimi Turkiya fuqarosi H.K.ning ishonchini qozonib, baqlajonning qimmatbaho “paslen” navini ekish va yetishtirish loyihasi orqali ularni Turkiyaga eksport qilish bahonasida 35 500 AQSH dollari olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘simlik urug‘ining 1 kilogrammi 3 000 AQSH dollari atrofida baholanadi.
H.K. 2025 yil oktyabr oyida xorijiy investor Ichki ishlar vazirligiga holat yuzasidan murojaat qilgan, biroq tekshiruv o‘tkazilmagan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagach, 2026 yil 27 yanvarda Turkiya fuqarosi qayta murojaat qilgan, shundan so‘ng materiallar prokuratura orqali MXDQ tergov organlariga yuborilgan.

Tergov

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, M.E. Talas viloyati bo‘yicha IIV Ichki tekshiruv xizmati tezkor xodimi bo‘lib, uning vazifasi jinoyatlarni, jumladan, korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va oldini olishdan iborat bo‘lgan. U o‘z lavozimidan foydalanib, aldov va ishonchni suiiste’mol qilish orqali ikki fuqaroning (H.K. va A.D.B.) pul mablag‘larini o‘zlashtirgan.

Keltirilishicha, M.E. xorijiy fuqarolarning ishonchini qozonib, o‘z oilasiga tegishli bo‘lgan 10 gektar yer maydonini taklif qilgan. Ushbu yerda yuqori hosildorlikka ega “paslen” baqlajon navini yetishtirish rejalashtirilgan.

Jabrlanuvchilar va M.E.ning otasi A.E. o‘rtasida notarial shartnoma tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra M.E. ekish, yetishtirish, qayta ishlash va hosilni yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan. Biroq, u jabrlanuvchilardan avans sifatida pul mablag‘larini olganidan so‘ng o‘z majburiyatlarini bajarmagan va yetishtirilgan mahsulotni uchinchi shaxslarga sotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, Talas viloyati bo‘yicha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan tergov boshqarmasi katta tergovchisi M.E.ga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash bo‘yicha sudga murojaat qilingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi 4-qismi 4-bandiga (o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik) asosan qo‘zg‘atilgan.

Tergov doirasida M.E. qo‘lga olinib, Talas shahar ichki ishlar bo‘limi vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Talas shahar sudi tergov sudyasining qaroriga ko‘ra, unga nisbatan 2026 yil 20 aprelgacha qamoqda saqlash ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ayblanuvchining advokati sud qaroriga rozi bo‘lmay, apellyatsiya shikoyati bergan. U hibsni bekor qilib, uy qamog‘i kabi ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasini qo‘llashni so‘ragan. Advokatning fikricha, tergov keltirgan asoslar taxminiy xarakterga ega.

Sud yana 2026 yil 6 mart kungi Talas viloyat sudi birinchi instansiya qarorida qolib, M.E.ni 20 aprelgacha hibsda qolishini o‘z kuchida qoldirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik ishbilarmon O‘zbekistonning Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi dasht hududida o‘ldirilib, o‘sha yerning o‘ziga ustidan tuproq tortgan holda tashlab ketilgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qirg'iziston Turkiya fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing