ID karta ko‘rinishidagi milliy guvohnoma jurnalistlarga bepul beriladi
Jamiyat
−
10 oktabr 2019 4514 1 daqiqa
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarga umummiliy guvohnoma berilishi haqida joriy yil avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov ma’lum qilgan edi.
Orada o‘tgan vaqt mobaynida umummiliy guvohnomaning berilishi masalasida turli fikrlar bo‘ldi. Nihoyat bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayev umummilliy guvohnomalarga oid ma’lumot berdi.
Ubaydullayevga ko‘ra, jurnalistning milliy guvohnomasi - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta jurnalistlarga bepul taqdim etiladi.
"Haqiqatan ham, Prezidentning 2 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda O‘zbekistonda axborot sohasini rivojlantirish bo‘yicha Dasturda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan jurnalistning umume’tirof etilgan milliy guvohnomasi joriy etilishi belgilangan edi.
Shuni ma’lum qilamanki, Agentlik mazkur masala yuzasidan tegishli hujjat loyihasini allaqachon ishlab chiqqan va loyiha ayni paytda Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur hujjat qabul qilingandan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining gologramma muhri bilan tasdiqlangan ID karta jurnalistlarga bepul taqdim etiladi", deydi Hikmatilla Ubaydullayev o‘zining telegram kanalida.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28