Ichimdagi dushmanlarim. Yamal va Pedri Levandovski o‘rnida boshqa hujumchini ko‘rmoqchi
Sport
−
25 fevral 2025 6546 1 daqiqa
Ispaniyalik yarim himoyachi Pedri va vinger Lamin Yamal “Barselona”da Levandovski o‘rnida yangi hujumchini ko‘rmoqchi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya grandining yosh yetakchilari jamoaga to‘p bilan o‘ynashda yordam beradigan va hujumlarni yuzaga keltirishda orqaroqqa ham qaytadigan harakatchanroq hujumchi transferini talab qilmoqda. Shuningdek, Yamal va Pedri pressing qobiliyati yuqori bo‘lgan forvard hujumlarni yanada xavfliroq qilishiga ishonadi.
“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati ikki nomzodni ko‘rib chiqmoqda: “Yuventus”dan serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovich va “Nyukasl”dan shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isak. Shuningdek, bu Robert Levandovskining klubdagi ambitsiyalariga jiddiy zarba bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” deyarli 30 kun ichida Madriddning “Atletiko” klubi bilan to‘qnash kelishi xabar qilingandi.
Live
Barchasi