“Barselona” deyarli 30 kun ichida 3 marta “Atletiko” bilan to‘qnashadi

Sport

image

26 fevralga o‘tar kechasi Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya kubogi yarim finali doirasida o‘z uyida Madridning “Atletiko” klubi bilan to‘qnash keladi.

Oradan 20 kun o‘tib jamoalar Ispaniya chempionati doirasida Madridda bahs olib boradi. Hozirga kelib, “Atletiko” La ligada yetakchilik qilayotgan “Barselona”ning asosiy ta’qibchilaridan biri hisoblanadi. Kataloniya klubi hisobida 54 ochko mavjud bo‘lsa, madridlikar 53 ochko jamg‘argan. La liga turnir jadvalida “Barselona” birinchi, “Atletiko” esa 3-o‘rinni band etgan. “Ko‘k-anorranglilar” kabi 54 ochkoga ega bo‘lgan Madridning boshqa bir klubi “Real” esa 2-pog‘onani band etgan. 

3 aprel kuni “Barselona” va “Atletiko” Ispaniya kubogi javob uchrashuvda yana to‘qnash keladi. Bu o‘yin ham Madridda o‘tkaziladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib jamoa kubok finaliga yo‘l oladi.

Ispaniya kubogining ikkinchi yarim finalida Madridning “Real” va  San-Sebastyanning “Real Sosedad” jamoalari bahslashadi. Mazkur jamoalarning birinchi o‘yini “Anoeta” stadionida 27 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing