Xorijlik mutaxassis TATU rektoriga maslahatchi bo‘ldi
Jamiyat
−
04 mart 2019 5679 1 daqiqa
Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti dekani Sirelchuk Igor Nikolayevich Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori maslahatchisi etib tayinlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Texnika fanlari nomzodi, dotsent Sirelchuk Igor Nikolayevich 2019 yilning 1 martidan TATU rektori maslahatchisi lavozimida ish boshladi.
Igor Sirelchuk 1985-1990 yilda Minsk radiotexnika oliygohini tamomlagan. 2017 yildan hozirgi kunga qadar Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Live
Barchasi