Guterrishning qarorgohi oldida norozilik namoyishi o‘tkazildi (video)

Olam

image

Kecha, 22 iyul kuni bir guruh faollar BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Nyu-Yorkdagi rasmiy qarorgohi oldida G‘azo sektoridagi ocharchilikni to‘xtatishga chaqirib, norozilik namoyishi o‘tkazdi.

“Shut it Down for Palestine” deb nomlangan harakat ishtirokchilari Guterrish yashayotgan bino oldida to‘planib, G‘azo xalqiga shoshilinch, to‘siqsiz va yetarli darajada gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlash uchun BMTdan aniq choralar ko‘rishni talab qildi.

Namoyishchilar “Ochlikni to‘xtating”, “Guterrish: sukunat – sheriklikdir” va “G‘azo uchun hayot yo‘lagi” kabi yozuvlar ko‘targan. Ular BMT Isroilga nisbatan aniqroq va qat’iyroq pozitsiyada turishi kerakligini ta’kidladi.

“BMT tinch aholini himoya qilishga mas’uldir. Guterrishning G‘azodagi ocharchilikni tugatish uchun o‘z vakolatlaridan foydalanmasligi qabul qilinishi mumkin emas”, deyiladi guruh nomidan qilingan bayonotda.

Namoyish tinch o‘tganiga qaramay, politsiya xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning oktyabrida urush boshlanganidan beri G‘azoda kamida 76 nafar bola va 10 nafar kattalar oziq-ovqat tanqisligidan vafot etgan. Jahon Cog‘liqni saqlash tashkilotining bildirishicha, ularning aksariyati 2025 yil mart oyida – Isroil tomonidan G‘azoga oziq-ovqat olib kirish taqiqlangandan keyin ro‘y bergan. Isroilning G‘azoga qarshi urushida 2023 yil 7 oktyabrdan beri kamida 58 895 kishi halok bo‘lgan, 140 485 kishi yaralangan. 


Maqola muallifi

Teglar

BMT N'yu-York Antoniu Guterrish G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing