Guterrish zudlik bilan Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antonio Guterrish Hormuz bo‘g‘ozining bloklanishi energiya resurslari va o‘g‘itlar narxining keskin oshishiga olib kelganini aytdi va bo‘g‘ozni tezda, hech qanday cheklovlarsiz ochish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u Nayrobidagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Biz Hormuz bo‘g‘ozi bloklangani sabab narxlar keskin oshib ketganini kuzatyapmiz. Shuning uchun uni to‘liq va cheklovlarsiz ochishni mutlaqo zarur deb hisoblaymiz. Biz har ikki tomonni shunday qilishga chaqirdik. Bu energiya va o‘g‘it narxlarini urushdan oldingi darajaga qaytarishning yagona yo‘li. Bu Keniya kabi davlatlar uchun hayotiy ahamiyatga ega”, degan Gutterish.

BMT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, hozirning o‘zidayoq bir nechta mamlakat o‘g‘itlar yetishmasligi sabab oziq-ovqat inqirozi xavfi bilan to‘qnash kelmoqda.

“Hozir ekish mavsumi boshlanmoqda. Agar o‘g‘it bo‘lmasa, kelasi yil jiddiy oziq-ovqat xavfsizligi muammosiga duch kelishimiz mumkin. Shuning uchun Hormuz bo‘g‘ozining cheklovlarsiz ochilishi butun xalqaro hamjamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan zarurdir”, deb qo‘shimcha qilgan u.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, bir nechta davlat o‘rtasidagi mojaro butun jahon iqtisodiyotiga bunday ta’sir ko‘rsatishi mantiqsiz holatdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT agentliklari, Yevropa Ittifoqi va ularning hamkorlari tomonidan tayyorlangan yangi hisobotda dunyodagi ochlikdan aziyat chekayotganlarning uchdan ikki qismi atigi 10 ta davlatda yashashi haqida xabar qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Antonio Guterrish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Hormuz bo'g'ozi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing