Gulistonda 18 yoshli yigit bankomatni bolta bilan buzishga urindi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida bankomatni bolta bilan buzishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 03:16 larda “Oltin vodiy” mahallasining Komiliy ko‘chasida “Inkassatsiya xizmati” MCHJga qarashli bankomatdan qo‘riqlash xizmati monitoring markaziga tashvish signali kelib tushgan.

Signal qabul qilingach, ma’lumot zudlik bilan Guliston tumani IIB huzuridagi qo‘riqlash xizmati tezkor harakatlanuvchi guruhiga yetkazilgan. Xodimlar voqea joyiga yetib borganda, yuzini berkitgan va qo‘liga qo‘lqop kiygan shaxs bankomatning tashqi qismini bolta hamda boshqa ashyolar yordamida buzishga urinayotganini aniqlagan.

Qo‘riqlash xizmati xodimlarini ko‘rgan shaxs voqea joyidan qochishga uringan. Biroq tezkor guruh xodimlari tomonidan u qo‘lga olingan.

Shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida uning Guliston tumanida yashovchi, 2008 yilda tug‘ilgan D. S. ekani aniqlangan. Qo‘lga olingan shaxs belgilangan tartibda Guliston tumani IIB binosiga olib kelingan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada bank mulozimi lezviya bilan bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irlagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing