Grizmann Messining rekordini yangiladi

Sport

image

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasi hujumchi Antuan Grizmann Ispaniya La Ligasida bir murabbiy qo‘l ostidagi gollari soni bo‘yicha Messining rekordini yangiladi. Bu haqda “Footboom” nashri xabar berdi.


Ispaniya La Ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi o‘yinda (3:1) fransiyalik hujumchi 61-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va atigi 28 soniyadan so‘ng topga birinchi teginishidanoq raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Uchrashuvning 80-daqiqasida Grizmann ikkinchi golni kiritdi. Shu tariqa 34 yoshli fransiyalik hujumchining Diyego Simeone qo‘l ostidagi gollari sonini 138 taga yetdi.

Grizmann bu muvaffaqiyat bilan sobiq jamoadoshi Lionel Messining rekordini yangiladi. Messi “Barselona”da Pep Gvardiola qo‘l ostida jami 137 ta gol urishga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, Grizamann joriy mavsumda La Ligada 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya sudi Antuan Grizmanning 2019 yilda “Barselona”ga o‘tishi jarayonida ikki qoidabuzarlik belgilari mavjudligini aniqlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Diego Simeone Antuan Grizmann “Atletiko Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing