Gretsiya qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan kema ag‘anab ketdi. 79 kishi qurbon bo‘ldi (foto)
Olam
−
15 iyun 2023 5562 1 daqiqa
Gretsiyada bortida Shimoliy Afrikadan kelgan muhojirlar bo‘lgan kema ag‘darilib ketdi. 79 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Gretsiyaning “ERT” telekanali xabariga ko‘ra, 100 dan ortiq odam qutqarib qolingan. Kemada aniq qancha odam bo‘lgani ma’lum emas. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti 400 dan ortiq bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan. Mahalliy hukumat omon qolganlarning soniga tayanib, bortda 700 ga yaqin odam bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Qayiq joriy yilning 10 iyun kuni Liviyadan Italiyaga yo‘lga chiqqani aytilmoqda. U Pilos shahri yaqinidagi xalqaro suvlarda ag‘nagan. Rasmiylarning fikricha, hodisa qayiqda haddan ziyod odam borligi tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

“Yo‘qolgan muhojirlar loyihasi” xalqaro tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yildan buyon O‘rta yer dengizini kesib o‘tishga uringan deyarli 27 ming kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Live
Barchasi