Gobi cho‘lida 1 sm kattalikdagi dinozavr skeleti topildi

Bu qiziq

image

Mo‘g‘ulistonning Gobi cho‘lidagi Uxaa Tolgod hududida paleontologlar uzunligi atigi 1 santimetr bo‘lgan nihoyatda yaxshi saqlanib qolgan skeletni topdi. Bu haqda “MiddleAsianNews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu topilma kech bo‘r davri (mezozoyning oxirgi davri)ga oid mikrosutemizuvchilarning eng dastlabki namunalaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislar bunday kichik (tirnoqdek) hajmdagi to‘liq va shikastlanmagan skeletni topish juda kam hollarda uchrashini ta’kidlagan. Odatda faqat tishlar topiladi, ammo skeletlar nihoyatda nozikligi sababli deyarli saqlanib qolmaydi.

Bu mitti topilma olimlarga mezazoy davridagi biologik xilma-xillikni yaxlit holda tushunish imkonini beradi. Shuningdek, bu kashfiyot kichik ajdod sutemizuvchilarning gigant dinozavrlar yonida qanday yashab, rivojlanganini ko‘rsatadi. Bu esa ularning evolyutsion o‘tish jarayonini yoritib, ilgari yashab bo‘lmaydi deb hisoblangan ekologik muhitlarda ham hayotda qolganini ochib beradi.

Gobi cho‘li odatda yirik dinozavr qoldiqlari bilan mashhur bo‘lsa, bu safar topilgan mikrosutemizuvchi qoldig‘i juda kam uchraydigan ilk namunalardan biri” hisoblanadi. Chunki bunday nozik jonzotlar odatda millionlab yillar davomida tabiat ta’sirida yo‘q bo‘lib ketadi.

Bu o‘ziga xos jonzot yerqazarga o‘xshaydi va mezazoy davrining rivojlangan hasharotxo‘r, ya’ni dinozavrlar (xususan velosiraptor) bilan birga yashagan sutemizuvchilar toifasiga kiradi.

Qanday qilib saqlanib qolgan?

Bunday nozik skeletning saqlanib qolishiga “uzoq muddatli cho‘llanish” jarayoni sabab bo‘lgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, taxminan 75-100 million yil oldin Gobi havzasida tog‘ tizmalari ko‘tarilishi natijasida keng miqyosli cho‘llanish yuz bergan.

Juda kichik hayvonlar kuchli qum bo‘ronlari paytida tezda qum ostida qolib ketgan. Shu sababli ular chirish yoki suv oqimi bilan yuvilib ketishdan saqlanib qolgan va deyarli 100 million yil davomida “tabiiy vaqt kapsulasi” sifatida saqlangan.

Ekstremal iqlimda hayot

1 santimetrlik bu topilma tirik organizmlarning Gobi cho‘lining keskin iqlimiga qanday moslashganini ham ko‘rsatadi. Cho‘l qurib borar ekan, hasharotxo‘r hayvonlar hatto chuchuk suv manbalarisiz ham yashashga moslashgan.

Gobi havzasining sharqiy qismi iqlim o‘zgarishlari eng kuchli ta’sir ko‘rsatgan hududlardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu topilma qadimgi sutemizuvchilarning global isish sharoitida qanday omon qolganini tushunishga yordam beradi. 

Olimlar o‘rganish davomida topilma juda kichikligi sababli oddiy bolg‘a yoki kesgich asboblar ishlatmaydi. Buning o‘rniga yuqori aniqlikdagi mikro-kompyuter tomografiyasi qo‘llanadi. Bu usul orqali tosh ichidagi skeletni ko‘rish va uning 3D modelini yaratish mumkin. Natijada tishlar va ichki quloq kabi eng mayda detallar ham o‘rganiladi.

Shu tarzda olimlar asl namunaga zarar yetkazmasdan uning raqamli nusxasini yaratadi va to‘liq ilmiy tadqiqot olib borish imkoniga ega bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

dinozavr Mo'g'uliston Gobi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing