“GOAT haqidagi bahs hal bo‘ldi.” Messi provokatsion video e’lon qildi

Sport

image

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatining yakunlanishiga bag‘ishlangan reklama videosini e’lon qildi. Uning g‘ayrioddiy yakuni ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Videoda barmen Messiga hisobni to‘lashni taklif qiladi. Shundan so‘ng, kassa apparatidan uzun chek chiqara boshlaydi. Unda buyurtma qilingan ichimliklar o‘rniga Messining Argentina terma jamoasi safida 20 yildan ortiq vaqt davomida erishgan yutuqlari sanab o‘tilgan.

Rolikda uning milliy jamoa safida o‘tkazgan 207 ta o‘yini, urgan 125 ta goli, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabasi hamda boshqa yutuqlari aks ettirilgan.

Shuningdek, Messining Jahon chempionatlaridagi statistikasi ham alohida qayd etilgan: u oltita mundialda ishtirok etib, 23 ta g‘alaba qozongan, 21 ta gol urgan va 99 ta golli vaziyat yaratgan.

Biroq videodagi eng ko‘p muhokama qilingan jihat chekning so‘nggi qatori bo‘ldi. Unda “GOAT munozarasi: hal qilindi” degan yozuv paydo bo‘lgan.

GOAT atamasi ingliz tilidagi “Greatest of All Time” – “barcha davrlarning eng buyugi” iborasining qisqartmasi hisoblanadi. Deyarli yigirma yil davomida Krishtianu Ronaldu Messining ushbu maqom uchun asosiy raqibi sifatida ko‘rilgan.

Argentinalik futbolchining o‘zi esa ilgari o‘zini boshqa buyuk futbolchilardan ustun qo‘yish haqidagi bahslardan qochib kelgan. Shu sababli, uning rasmiy sahifasida joylashtirilgan videoda bunday iboraning paydo bo‘lishi muxlislar o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini rasman e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing