Germaniyaga ayrim migrantlarning oila a’zolari kiritilishi to‘xtatildi

Olam

image

Germaniya parlamenti – Bundestag bugun, 27 iyun kuni cheklangan himoya maqomiga ega bo‘lgan qochqinlarning oila a’zolarini Germaniyaga olib kelish amaliyotini ikki yilga to‘xtatdi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

Yiliga 12 ming nafargacha oila a’zolari uchun kiritilgan bu cheklov Germaniyaga migrantlar oqimini kamaytirish choralaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindtning ta’kidlashicha, bu qadam ijtimoiy tizimlar va uy-joy bozoridagi yukni kamaytirishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi Bundestagda 444 ovoz bilan qabul qilingan, unga faqat 135 deputat qarshi chiqqan. 

Dobrindt migrant oilalarining Germaniyaga ko‘chib kelishi jinoiy guruhlar uchun daromad manbaiga aylangani, yangi qonun esa bunday biznes-modelga barham berishini aytgan. U migratsiya sohasida tub o‘zgarishlar uchun faqat bir qonun kifoya emasligini, kompleks choralar zarurligini urg‘ulagan.

Huquq tashkilotlari va cherkovlar qonunni tanqid qilgan. “Pro Asyl” tashkiloti bu qonun minglab odamlarni yillab o‘z oilasidan ajratishga olib kelishini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya Bundestagi deputati, Xristian-demokratlar ittifoqi a’zosi Roderix Kizevetter Rossiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirish uchun barcha rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni va Berlindagi “Rus uyini” yopishni taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya migrantlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing