Germaniyadan Afg‘onistonga 2-deportatsiya reysi jo‘nab ketdi

Olam

image

Germaniyadan ikkinchi deportatsiya reysi Afg‘onistonga jo‘nab ketdi. Bu haqda bugun, 18 iyul kuni Germaniya Ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt ARD telekanaliga ma’lum qildi.

Bortida 81 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan samolyot Leypsig aeroportidan havoga ko‘tarildi. Dobrindtning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar “jinoyatlar uchun sudlangan” va “majburiy deportatsiya qilinishi kerak”.

Dobrindt Qobulga parvozni tayyorlashda Germaniyaning “strategik hamkorlari” ishtirok etgani, ulardan biri Qatar ekanini ma’lum qildi.

Bu parvoz 2024 yil avgustdan beri birinchi va Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelgan 2021 yilning yozidan keyingi ikkinchi parvoz bo‘ldi.

Germaniya 28 afg‘on fuqarosini 2024 yil 30 avgust kuni vataniga deportatsiya qilgan. Ular Germaniyada sudlangan jinoyatchilar edi. Parvoz oldidan ularning har biri 1000 yevrodan olgan.

O‘shanda “Tolibon” vakili Germaniyadan deportatsiya qilingan jinoyatchilar oilalari hech qanday jinoiy huquqbuzarlik qilmasliklari haqida yozma kafolat berganidan keyin qo‘yib yuborilganini aytdi. O‘sha paytdagi Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer deportatsiya parvozlari amaliyotini davom ettirishga va’da bergan edi.

Biroq, o‘shandan beri Germaniyadan birorta ham bunday reys uchmagan. Bundestagda XDI guruhi rahbari lavozimini egallagan Dobrindt Germaniyadan Afg‘onistonga ko‘proq deportatsiya reyslarini faollashtirishga chaqirdi.

“Bugungi parvoz Dobrindt Yevropaning beshta qo‘shni davlatidagi mavqedoshlarini migratsiya bo‘yicha sammitga ochiq taklif qilgan kunning o‘zida amalga oshirildi”, deb xabar beradi ARD.

Vazir Yevropada qattiqroq migratsiya siyosatini joriy etish tarafdori. Bundan tashqari, Dobrindt “Tolibon” bilan muzokaralarni Qatar vositachiligida emas, balki kelajakda bevosita olib borishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Germaniya deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing