Germaniya YeIni AQSHga qarshi javob bojlarini joriy etishga chaqirdi
Olam
−
18 yanvar 2781 1 daqiqa
Germaniyada “Yashillar” siyosiy partiyasi Yevropa Ittifoqini AQSH Prezidenti Donald Trampning Grenlandiya atrofidagi mojaro doirasida bildirgan boj tahdidlariga javoban qarshi bojlar joriy etishga chaqirdi. Bu haqda Bundestagdagi “Yashillar” fraksiyasi rahbari Katarina Dryogega tayanib, NTV telekanali xabar berdi.
“Yevropa Ittifoqi hozir Trampning bojxona tahdidlari qarshisida chekinmasligi kerak… Trampga aniq javob zarur – YeI bojlar bilan bog‘liq tahdidlarga javoban qarshi bojlar joriy etadi”, deydi Dryoge.
NTV ma’lumotiga ko‘ra, Dryoge Germaniya federal kansleri Fridrix Mersni ham Trampga nisbatan hozirgi siyosati uchun tanqid qilgan.
“Fridrix Mers yuritayotgan chekinish va murosaga moyillik strategiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, deydi u.
Dryogening fikricha, xalqaro tartibni himoya qilish uchun o‘ziga ishonch va aniq pozitsiya zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp fevral oyidan boshlab Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyaga nisbatan 10 foizlik bojlar joriy etilishini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, keyinchalik bu bojlar 25 foizgacha oshiriladi va Grenlandiyani Qo‘shma Shtatlar tomonidan sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilmaguncha amal qiladi.
Live
Barchasi