G‘azoliklar ommaviy qirilib ketish yoqasida turibdi
Olam
−
22 iyul 2025 8854 2 daqiqa
Isroil armiyasining 140 kundan ortiq davom etayotgan to‘liq blokadasi oqibatida G‘azo aholisi ommaviy halokat xavfiga yuz tutmoqda. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Isroil gumanitar yordam, oziq-ovqat, dori-darmon, bolalar ozuqasi va yoqilg‘i kirib kelishiga doimiy to‘sqinlik qilmoqda, bu esa aholi uchun zarur hayotiy resurslarning tugashiga olib kelgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, 2,4 million aholining, jumladan 1,1 million bolalarning hayoti genotsid, ommaviy o‘ldirish va keng miqyosdagi ocharchilik tahdidi ostida qolmoqda.
“Dunyo jim turib, G‘azoning ocharchilik va genotsid orqali yo‘q qilinishiga guvoh bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.
Hozirda g‘azoliklar hayot uchun zarur vositalardan butunlay uzilgan. Ayniqsa, non pishirish uchun zarur bo‘lgan un tanqisligi keskinlashgan. Un zaxiralari tugagan, qora bozorda paydo bo‘layotgan oz miqdordagi un esa jadal qimmatlashib, aholining aksariyati uchun mavjud emas.
2025 yilning 2 martidan beri Isroil barcha chegara punktlarini yopib, G‘azoga oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berishni to‘xtatgan. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ochlikdan holdan toygan har xil yoshdagi ko‘plab fuqarolar shifoxonalarga murojaat qilmoqda.
Shuningdek, idora asosiy oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi va aholining keng qatlamlarida yetarli ovqatlanmaslik holatlari avj olayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azoda ochlikdan 69 nafar bola, oziq-ovqat va dori vositalari yetishmovchiligi sabab esa 620 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Aynan shu kundan buyon Isroil G‘azoda genotsid olib bormoqda, fuqarolik ob’ektlariga kuchli zarbalar berilmoqda va gumanitar yordam kirishi to‘liq to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni G‘azoda Razan Abu Zaher ismli to‘rt yoshli qizaloq ochlik tufayli vafot etgandi. Razan oxirgi uch kun ichida vafot etgan kamida to‘rt bolaning biri bo‘lgan, ulardan eng kichigi atigi uch oylik edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025