G‘azoda 4 yoshli qizaloq ochlikdan vafot etdi

Olam

image

Kecha, 20 iyun kuni G‘azoda Razan Abu Zaher ismli to‘rt yoshli qizaloq ochlik tufayli vafot etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Razan oxirgi uch kun ichida vafot etgan kamida to‘rt bolaning biri bo‘lgan, ulardan eng kichigi atigi uch oylik edi. So‘nggi 24 soat ichida G‘azoda ochlikdan 18 kishi halok bo‘lgan. Bu G‘azo hududidagi inqiroz tobora chuqurlashib borayotganini ko‘rsatadi.

“Nashr Razanni bir oy oldin ham uchratgandi. U o‘shandayoq juda zaif va ozib ketgan edi”, deyiladi xabarda. 

Razanning o‘limi G‘azodagi ochlik chuqurlashib borayotgan paytda yuz bergan. Mart oyidan beri Isroil gumanitar yordam karvonlarini G‘azoga kiritishni taqiqlab qo‘ygan edi. Garchi may oyi oxirida bu taqiq qisman olib tashlangan bo‘lsa-da, xalqaro tashkilotlar yetkazilayotgan yordam aholi ehtiyojini qoplay olmayotganini aytmoqda.

Isroil hukumati yordam karvonlarini to‘xtatgan, chunki ularni HAMAS tortib olayotgani va ulardan foyda ko‘rayotganini da’vo qilmoqda. HAMAS bu ayblovni rad etmoqda. Isroil idoralari esa BMT yordamni olib ketmayotganini aytmoqda. BMT esa, aksincha, Isroil harbiylari yordamni hudud bo‘ylab harakatlantirishga ruxsat bermayotgani, ko‘p miqdordagi yordam haligacha chegarada qolayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning oktyabrida urush boshlanganidan beri G‘azoda kamida 76 nafar bola va 10 nafar kattalar oziq-ovqat tanqisligidan vafot etgan. Jahon Cog‘liqni saqlash tashkilotining bildirishicha, ularning aksariyati 2025 yil mart oyida – Isroil tomonidan G‘azoga oziq-ovqat olib kirish taqiqlangandan keyin ro‘y bergan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 iyul kuni Isroil armiyasi G‘azoning turli hududlarida kamida 115 nafar falastinlikni o‘ldirgandi. Ularning 92 nafari shimoldagi Zikim, janubdagi Rofiya va Xon-Yunusdagi yordam punktlarida oziq-ovqat olishga harakat qilgan paytda o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil ochlik G'azo HAMAS Razan Abu Zaher

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing