FVV fuqarolarni ogohlantiryapti
Jamiyat
−
28 fevral 2019 8251 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Unda ma’lum qilinishicha, joriy yil 28 fevraldan 4 martga qadar tog‘li hududlarda QOR KO‘CHKISI XAVFI e’lon qilinadi.
“Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 24 dekabr kuni Bo‘stonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasida 3 nafar fuqaro qor ko‘chkisi tagida qolib, vafot etgan.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr