FVB toshkentliklarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
09 iyun 8102 1 daqiqa
Bugun, 9 iyun kuni Toshkent shahri hududida kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shahar aholisi va mehmonlariga tavsiyalar e’lon qildi.
FVB quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qildi:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
Shuningdek, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etdi.
Live
Barchasi