Futbol muxlislari tennis uchrashuvini to‘xtatib qo‘ydi (video)
Sport
−
14 may 832 1 daqiqa
Kecha, 13 may kuni Italiya Kubogi finalidan keyin yuzaga kelgan kuchli tutun sabab Rimdagi tennis turnirida Rafael Xodar va Luchano Darderi o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Bastien Fachan ma’lum qildi.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, “Masters” turniri bahsi birinchi setda ispaniyalik tennischining 6/5 hisobidagi ustunligi vaqtida to‘xtatilgan.
“Rimdagi o‘yinlar vaqtincha to‘xtatildi, chunki Italiya Kubogi finali tennis arenasidan atigi 500 metr uzoqlikda o‘tkazildi. Final hushtagidan keyin muxlislar mushakbozlik boshlashdi va maydon tutunga to‘lib ketdi. Shu sabab Jodar va Darderi o‘yinni davom ettira olishmadi., deb yozdi Fachan.
Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuv taxminan 30 daqiqalik tanaffusdan so‘ng davom ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 may kuni “Inter” Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tgan Italiya Kubogi finalida “Latsio”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 10-marta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi