Fuqaro IIB binosida qiynoqqa solinishi ortidan 1 kishi ishdan olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida profilaktika inspektori tomonidan fuqaro qiynoqqa solingani aks etgan surat va xabarlar tarqalgandi. Ularda 3 nafar ichki ishlar xodimi fuqaroga dubinka va elektroshoker ishlatib, qiynagani aytilgandi. Ushbu holat ortidan Chust tumani IIB inspektori ishdan olindi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili holatni o‘rganib, jabrlangan fuqaro bilan suhbatlashgan.

Shundan so‘ng, ishga oid to‘plangan ma’lumotlar asosida viloyat IIB hamda Namangan shahar prokuraturasiga Ombudsmanning nazorat xati kiritilgan.

Ombudsmanga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Chust tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika inspektori mayor D.B. xizmat vazifasiga e’tiborsiz va bepisandlik bilan yondashib, o‘z xizmat hududiga hech bir sababsiz bormasdan, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy va xizmat intizomi kodeksi talablarini qo‘pol ravishda buzgani uchun lavozimidan bo‘shatilgan. Shu bilan birga, mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Tergov harakatlari yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi”, deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, ushbu xabar Namangan viloyati IIBning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda haqiqatdan ham joriy yilning 14 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro O‘.A. o‘zaro oilaviy nizo sababli ichki ishlar bo‘limiga olib borilgani aniqlangan. U bilan profilaktik suhbat olib borilib, shu kuni uyiga ruxsat berilgan. Oradan ikki kun o‘tib, 16 avgust fuqaro O‘.A. sog‘ligi yomonlashgani sababli tibbiyot muassasasiga murojaat qilgani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing