Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi ham faoliyatini yakunlamoqda

Jamiyat

image

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez Toshkentdagi faoliyatini yakunlamoqda. Bugun, 12 avgust kuni u O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazir Baxtiyor Saidov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozdi.

“So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Fransiya ikki tomonlama aloqalari mislsiz dinamikani namoyon etdi, mamlakatlarimiz tarixiy marralarga erishdi, davlatlarimiz strategik hamkorlarga aylandi.

Elchi xonimning aloqalarimiz sarhadlarini kengaytirishga qo‘shgan doimiy hissasini yuksak qadrlaymiz va yangi faoliyatida barcha yutuqlarni tilaymiz”, deb yozdi Saidov.

Ma’lumot uchun, Oreliya Bushez 1960 yil 20 yanvarda tug‘ilgan. Parij Siyosiy tadqiqotlar instituti va ENA bitiruvchisi bo‘lgan Bushez xonim o‘z faoliyatini Parij meriyasida ma’mur sifatida boshlagan (1984-1989yillar). Keyinchalik u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa bo‘yicha direksiyasida (1989-1993) ishlagan. Fransuz diplomati, 2021 yil oktyabridan buyon Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bo‘lib ishlab kelgan Bushez bungacha Fransiyaning Ozarbayjondagi elchisi va Yevropa Ittifoqining Qozog‘istondagi elchisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenko ham Toshkentdagi diplomatik missiyasini yakunlagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya O'zbekiston Baxtiyor Saidov Oreliya Bushez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing