Fransiya Jahon chempionatiga yo‘l oldi
Sport
−
14 noyabr 1769 1 daqiqa
Kecha, 13 noyabr oqshomida Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichida Ukrainani 4:0 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket sakkizinchi bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan boshlab fransuzlar tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Birinchi bo‘limda Maykl Olise, Rayan Cherki va Manu Kone bir nechta xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi, biroq dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida maydon egalarining faolligi natija berishni boshladi. Mixavkoning Olisega qilgan qo‘pol harakati uchun belgilangan penaltini 55-daqiqada Mbappe golga aylantirdi.
Zaxiradan maydonga tushgan Yugo Ekitike va Manes Akliush o‘yinga faol qo‘shilib, gollarda ishtirok etdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Olise N’Golo Kantening nozik uzatmasidan keyin hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Mbappe o‘zini dublini nishonladi. 88-daqiqaga kelib Ekitikening golidan so‘ng fransuzlar o‘yin taqdirini butunlay hal qildi.
Bu g‘alaba Fransiyaga guruhda birinchi o‘rinni ta’minladi. Ukrainaliklar hozircha to‘plar farqi bo‘yicha Islandiyadan ustun bo‘lib, ikkinchi o‘rin va pley-off uchun kurashni davom ettirmoqda. Shu tariqa, JCHga yo‘l olgan jamoalar soni 29 taga yetdi. Yana 19 ta yo‘llanma qoldi
Live
Barchasi