Fransiya Shimoliy Koreyani tartibga chaqirdi

Olam

image

Fransiya Shimoliy Koreyani beqarorlashtiruvchi harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishga, xalqaro majburiyatlarini kechiktirmasdan bajarishga chaqirdi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fransiya ma’muriyati o‘z bayonotida Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirilishini keskin qoralagan va bu BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarining  buzilishi ekanligini eslatgan.

“Fransiya Janubiy Koreya va Yaponiyaning to‘liq birdamligiga ishonadi. Shuningdek, Shimoliy Koreyani beqarorlashtiruvchi harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishga, xalqaro majburiyatlarini kechiktirmasdan bajarishga, yadroviy va ballistik raketa dasturlaridan to‘liq va qaytarib bo‘lmaydigan tarzda voz kechish jarayoniga kirishish maqsadida muzokaralar stoliga qaytishga chaqiradi”, deyiladi bayonotda.


O‘z navbatida, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan mazkur raketa 2024 yilda ballistik raketaning ilk sinovi bo‘lganini bildirgan.

Keyinroq, Shimoliy Koreya gipertovushli manyovrli boshqariladigan kallakka o‘rnatilgan qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi va bu hech bir qo‘shni davlat xavfsizligiga daxl qilmaganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Shimoliy Koreya raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing