Flik “Barselona”ni xohlaganicha boshqaradi – Laporta

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi prezidenti Joan Laporta klub bosh murabbiy Xansi Flikka erkinlik berishini va nemis mutaxassisi xohlaganicha faoliyat yuritishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Laporta “Mundo Deportivo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Agar men qayta prezident etib saylansam, Flik “Barselona”ni xohlaganicha boshqaradi. U nafaqat ajoyib murabbiy, balki ajoyib inson hamdir”, deydi Laporta.

U shuningdek, Flikni shartnoma imzolagan kundan boshlab jamoaga qo‘shgan hissasini yuqori baholagan.

“Biz u bilan shartnoma imzolagan kunimizdan o‘zgacha bir narsa topganimizni anglagandik. U yangi yosh iste’dodlarni tajribali futbolchilar bilan birlashtirgan jamoani boshqarishda haqiqiy iste’dodga ega. Flik “Barselona”ning hozirgi holatiga juda mos keladi. Uning sharofati bilan biz juda yaxshi davrni boshdan kechirmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qilgan Laporta. 

Ma’lumot uchun, Flik 2024 yilning yozida Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U o‘tgan mavsumda jamoa bilan La Liga chempionligi, Ispaniya va Superkubogini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona murabbiy Xansi Flik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing