Filippindagi zilzila qurbonlari 30 kishidan oshdi

Olam

image

Bugun, 8 iyun kuni Filippin sohillari yaqinida yuz bergan zilzila oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 134 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud taxminan 700 ming aholiga ega General-Santos shahri bo‘lgan. U yerda do‘konlar va binolarga shikast yetgan, ba’zilarining peshlavhalari va oynalari singan, ayrimlari esa butunlay vayron bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat hozirda kommunal tarmoqlar va infratuzilmaga yetkazilgan zararni baholamoqda.

Zilzila magnitudasi 7,8 ni tashkil etgan. Filippin aholisi tepaliklarga evakuatsiya qilinishga chaqirilgan. Orollarda to‘lqin balandligi bir metrdan oshadigan sunami xavfi e’lon qilingan. Filippin Prezidenti Ferdinand Markos-kichik Mindanaoning jabrlangan hududlarida o‘quv mashg‘ulotlarini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyada ham sunami xavfi tufayli sohilbo‘yi hududlarida yashovchi 180 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Filippin tsunami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing