FIFA va’da qilgan 250 mln dollar haligacha klublarga yetib bormadi – OAV
Sport
−
16:45 486 1 daqiqa
FIFA 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmagan klublarga va’da qilingan 250 million dollarlik birdamlik to‘lovlarini haligacha o‘tkazmagan. Bu haqda “Daily Express” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu mablag‘lar musobaqadan tushgan daromadni butun futbol tizimi bo‘ylab taqsimlash hamda turnir ishtirokchilari bilan unda qatnashmagan klublar o‘rtasidagi moliyaviy tafovutni qisqartirish maqsadida ajratilishi rejalashtirilgan edi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, har bir yuqori divizion klubi 50 ming funt sterling (taxminan 67,5 ming dollar) miqdorida to‘lov olishi kerak edi. Biroq hozirgacha ushbu mablag‘lar klublar hisob raqamlariga o‘tkazilmagan.
Ma’lumot uchun, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 14 iyundan 13 iyulga qadar AQSHda bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 32 ta jamoa ishtirok etdi. Finalda Angliyaning “Chelsi” klubi Fransiyaning “Parij Sen-Jermen” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2029 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining o‘tkazilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi