FIDE klassik shaxmatda vaqt nazoratini qisqartirdi
Sport
−
10:04 186 1 daqiqa
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Bosh assambleyasi klassik shaxmatda vaqt nazoratini qisqartirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.
Hujjatga ko‘ra, maxsus ruxsat talab etilmaydigan turnirlarda har bir o‘yinchiga 60 daqiqa va har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shiladigan (60+30) vaqt nazoratini qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. Ayrim holatlarda esa 45+30 formatidagi nazoratdan foydalanish ham ko‘zda tutilgan.
Endilikda mazkur o‘zgarishlar FIDE Kengashida muhokama qilinib, tasdiqlanishi kerak.
Shu bilan birga, shaxmat unvonlari va reytinglarini belgilash uchun hisobga olinadigan turnirlarda ayrim cheklovlar saqlanib qoladi. Jumladan, bir kunda ikkitadan ortiq o‘yin o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
Qisqartirilgan vaqt nazoratida esa bir kunda ko‘pi bilan bitta shaxmat normasini bajarish mumkin bo‘ladi.
Reyting uchun hisobga olinadigan musobaqalarda o‘yinlarning umumiy davomiyligi bir kunda 12 soatdan oshmasligi lozim. Ushbu vaqt chegarasi doirasida ikkitadan ortiq partiya o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin.
Avval yuqori darajadagi klassik shaxmat turnirlarida minimal vaqt nazorati har bir o‘yinchi uchun 90 daqiqa va har bir yurish uchun qo‘shimcha 30 soniya (90+30) etib belgilangan edi.
Live
Barchasi