Fermerlarni haqorat qilgan Sadbarxon Mamitovaga ogohlantirish berildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 26 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimasi Sadbarxon Mamitovaning fermerlarni haqorat qilayotgani yozilgan audio tarqalgan edi. Mazkur audioyozuvga Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi. Ta’kidlanishicha, “iflos”, “maraz” so‘zlarini bamaylixotir qo‘llayotgan hokimaga “ogohlantirish” berilgan. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ston tumani hokimining tarqalgan audioyozuvi yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Bo‘ston tumani hokimi deya aytilayotgan audioyozuv yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.  Aniqlanishicha, haqiqatdan ham audio yozuv Bo‘ston tumani hokimi S.Mamitovaga tegishli ekanligi, tumandagi soya yetishtiruvchi fermerlarning soya yetishtirish va uni yig‘ib olishdagi mas’uliyatsizligi oqibatida tumanda soya hosilini yig‘ishtirib olish ishlari bir muncha ortga surilganligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman hokimi fermerdan nega soya hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olmasdan, soyani korchyovka qilib, yulib tashlashganligiga izoh so‘ragan.

Tumanda soya o‘simligini yetishtirish va uni yig‘ib-terib olishda sustkashlik qilayotgan hamda o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan fermerlarning faoliyati tuman hokimining e’tirozlariga sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. 

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, tarqalgan audioyozuv uchun Bo‘ston tumani hokimi S.Mamitovaga viloyat hokimligi tomonidan “ogohlantirish” berilganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadbarxon Mamitova

Baholaganlar

613

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing