Felish tarixdagi eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi
Sport
−
10 iyun 2024 5629 1 daqiqa
“Barselona”da ijara asosida o‘ynayotgan “Atletiko Madrid” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Felish Ronaldinoni tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb biladi. Bu haqda Felish “The Nude Project”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Braziliyalik Ronaldino 2005 yilgi “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi, shuningdek, u 2004 va 2005 yillarda FIFA talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan. U Braziliya terma jamoasi tarkibida 2002 yilgi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

24 yoshli Felish “Barselona” safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025